Andijon va butun O'zbekiston bo'ylab

Stadion band qilish — bir necha tap bilan

Yaqin atrofdagi futbol maydonlarini toping, bo'sh vaqtni tanlang va to'lab band qiling. Davriy o'yinlar, online to'lov va stadion bilan chat — hammasi bitta ilovada.

12k+
Faol o'yinchi
450+
Stadion
4.8
O'rtacha reyting
⚡ Tezkor band qilish 🔁 Davriy o'yinlar 💳 Click · Payme · Naqd 🗺 Xaritada yaqin stadionlar ⭐ Reyting va sharhlar
Imkoniyatlar

O'yin tashkil qilishning eng oson yo'li

Maydonchi mijoz, stadion egasi va xodim — barchasi uchun bitta tizim.

Tezkor band qilish
Bo'sh vaqtni kalendardan tanlang, davomiylikni belgilang va bir necha tapda band qiling.
Davriy o'yinlar
Har hafta bir xil vaqtga avtomatik band — 3 oygacha. Kerakmas haftani oldindan olib tashlang.
Online to'lov
Click yoki Payme orqali to'lang, yoki naqd tanlang. Narx band qilishda muzlatiladi.
Stadion bilan chat
Savollaringizni to'g'ridan-to'g'ri stadionga yozing. Xodim almashsa ham suhbat saqlanadi.
Sevimlilar
Yoqqan stadionlarni yurakcha bilan saqlang va keyingi safar tez toping.
Xarita va yo'nalish
Yaqin stadionlarni xaritada ko'ring va bir tugma bilan yo'l ko'rsatishni oching.
Qanday ishlaydi

Uch qadamda maydonda

01
Stadion toping
Yaqin atrofdan yoki xaritadan o'zingizga mos maydonni tanlang. Reyting va narxni solishtiring.
02
Vaqt tanlang
Bo'sh slotni belgilang, davomiylikni tanlang. Davriy o'yin uchun haftalik takrorlashni yoqing.
03
Band qiling
To'lov usulini tanlab tasdiqlang — va maydon sizniki. Eslatma o'yindan oldin keladi.
12 000+
Faol o'yinchi
450+
Ulangan stadion
14
Andijon tumani
4.8
Ilova reytingi
FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Maydonchi nima?
Maydonchi — O'zbekistondagi futbol stadionlarini onlayn band qilish ilovasi. Mijozlar maydon topadi va band qiladi, stadion egalari esa buyurtmalarni boshqaradi.
Qanday qilib stadion band qilaman?
Ilovani oching, yaqin stadionlardan birini tanlang, bo'sh vaqtni belgilang, to'lov usulini tanlab tasdiqlang. Tasdiqlangach bildirishnoma keladi.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Uch usul bor: naqd (joyida), Click yoki Payme (onlayn). Onlayn to'lovda joy cheklangan vaqt band turadi — to'lovni shu vaqt ichida yakunlang.
Davriy (har haftalik) zakas bormi?
Ha. Bir vaqtni tanlab «Davriy»ni yoqing — 3 oygacha har haftaga avtomatik band qilinadi. Band bo'lib qolgan haftalar oldindan ko'rsatiladi.
Bekor qilish va pul qaytarish qanday?
Buyurtmani sabab ko'rsatib bekor qilish mumkin. Qoidalar Foydalanish shartlarida batafsil yozilgan. Foydalanish shartlari
Stadion egasiman — qanday qo'shaman?
Business ilovasini yuklab oling, akkauntingiz faollashtirilgach stadioningizni qo'shing. Dasturdan foydalanish uchun kunlik tarif to'lanadi — buyurtmadan ulush olinmaydi.
Bog'lanish

Savol yoki taklif bormi?

Xabar qoldiring — qo'llab-quvvatlash jamoamiz tez orada bog'lanadi.

Email
support@maydonchi.uz
Telefon
+998 71 200 70 07